So`ngi yangiliklar

2026 Yil 27 oktyabr

Hansoh Pharma va Roche 15 milliard dollardan ortiq qiymatdagi kelishuv tuzdi

Ko'proq o'qish

2026 Yil 23 oktyabr

O‘zbekistonda 60 gektarlik farmatsevtika va biotexnologiya klasteri loyihasi rivojlantirilmoqda

Ko'proq o'qish

2026 Yil 16 oktyabr

O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 24,9 foizga oshdi

Ko'proq o'qish

2026 Yil 13 oktyabr

“Turkmen Health 2026”: O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari Turkmaniston bozorida

Ko'proq o'qish

2026 Yil 2 oktyabr

Zuma Pharma mahsulotlari Qirg'iz Pharm vakillari tomonidan bevosita ishlab chiqarish joyida ko'rib chiqildi

Ko'proq o'qish

2026 Yil 30 sentyabr

Qirg'iz Pharm vakillari Zuma Pharmaning GMP standartlariga javob beruvchi ishlab chiqarish uskunalari bilan tanishtirildi

Ko'proq o'qish
Tanlangan hikoyalar
ZUMA-PHARMA va Hindistonning NKP Pharma kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ZUMA-PHARMA va Hindistonning NKP Pharma kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil 29-oktabr kuni ZUMA-PHARMA korxonasida Hindiston Respublikasining farmatsevtika sanoati uchun zamonaviy texnologik uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan NKP Pharma Pvt. Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi Hindiston kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy farmatsevtika uskunalarini ZUMA-PHARMA mutaxassislariga taqdim etish, ularning texnik va funksional imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda istiqboldagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

NKP Pharma — farmatsevtika sanoati uchun zamonaviy texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchisi

1988-yilda tashkil etilgan NKP Pharma Pvt. Ltd. kompaniyasi Hindistonning Gujarat shtati, Ahmedabad shahrida joylashgan. Kompaniya farmatsevtika ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan inyeksion preparatlarni to‘ldirish va qadoqlash liniyalari, shuningdek, flakonlar, ampulalar hamda oldindan to‘ldirilgan shpritslar (Pre-filled Syringes) uchun mo‘ljallangan texnologik uskunalarni loyihalash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Kompaniyaning asosiy mahsulot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Flakon va ampulalarni yuvish hamda sterilizatsiyaga tayyorlash uskunalari;
  • Suyuq va kukun shaklidagi preparatlarni to‘ldirish liniyalari;
  • Ampulalarni to‘ldirish va germetik yopish uskunalari;
  • Flakonlarni to‘ldirish, tiqinlash va qopqoq bilan yopish tizimlari;
  • Avtomatlashtirilgan vizual inspeksiya va sifat nazorati uskunalari;
  • Yorliqlash, markirovkalash va qadoqlash tizimlari;
  • Inyeksion preparatlar ishlab chiqarish uchun kompleks texnologik yechimlar.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, uning uskunalari dunyoning 40 ta mamlakatida 3 000 dan ortiq loyihada o‘rnatilgan va foydalanilmoqda.

Texnologik imkoniyatlar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Tashrif davomida NKP Pharma vakillari kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyati, texnologik imkoniyatlari hamda farmatsevtika korxonalari uchun taklif etilayotgan zamonaviy uskunalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuv doirasida tomonlar ZUMA-PHARMA ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda kelgusida zamonaviy uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Mazkur uchrashuv ZUMA-PHARMA korxonasining xalqaro ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va farmatsevtika ishlab chiqarishida zamonaviy texnologik yechimlarni qo‘llash imkoniyatlarini baholash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

ZUMA-PHARMA xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash va ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

Hansoh Pharma va Roche 15 milliard dollardan ortiq qiymatdagi kelishuv tuzdi

Qirg'iz Pharm vakillari Zuma Pharmaning GMP standartlariga javob beruvchi ishlab chiqarish uskunalari bilan tanishtirildi

Ko'proq o'qish
O‘zbekistonda 60 gektarlik farmatsevtika va biotexnologiya klasteri loyihasi rivojlantirilmoqda

Qirg'iz Pharm vakillari Zuma Pharmaning GMP standartlariga javob beruvchi ishlab chiqarish uskunalari bilan tanishtirildi

Ko'proq o'qish