responsibility
2026 Yil 20 oktyabr

O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 24,9 foizga oshdi

O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2026-yilning yanvar–avgust oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 foizga oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda asosiy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalari ishlab chiqarish hajmi 4,4 trillion so‘mni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan. Sirdaryo viloyati ham farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hududlar qatoridan joy oldi.

Mazkur o‘sish mamlakat farmatsevtika sanoatining rivojlanishi, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatining kengayishi va ichki bozorni dori vositalari bilan ta’minlash imkoniyatlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.