Tashrif chog'ida mehmonlarga zavodning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, sifat nazorati tizimi va xalqaro GMP standartlariga muvofiq jihozlangan ishlab chiqarish uskunalari va qurilmalari ko'rsatildi. Bu esa kelgusi hamkorlikda mahsulot sifati va yetkazib berish barqarorligiga bo'lgan ishonchni yanada mustahkamladi.