Bizning jamoamiz ZUMA-PHARMA yutuqlarining negizidir
ZUMA-PHARMA’ning har bir yutug‘i – bu ilm-fan va boshqaruv uyg‘unligining natijasi. Kompaniyamiz rahbariyati xalqaro tajribaga ega, farmatsevtika sohasining yetakchi mutaxassislari, olimlari va texnologlaridan tashkil topgan.
Biz Hindiston, Germaniya va boshqa mamlakatlarning nufuzli ekspertlari bilan hamkorlik qilamiz. Ularning ilmiy salohiyati va amaliy tajribasi bizning jamoamiz bilan qo‘shilib, innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish va global standartlarga mos yechimlar yaratishda asosiy kuch bo‘lmoqda.
Har bir qaror ilmiy asoslangan tahlil, strategik yondashuv va sifatga sodiqlik ruhida qabul qilinadi. Shu bois, ZUMA-PHARMA nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro farmatsevtika maydonida ham yetakchi sifatida tan olinmoqda.
Bilimga asoslangan taraqqiyot
Bizning jamoamiz QA, QC, mikrobiologiya, muhandislik, logistika, kadrlar boshqarmasi (HR) va qadoqlash (Packing) kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi. ZUMA-PHARMA O‘zbekistonning nufuzli tibbiyot va texnika institutlari bilan hamkorlikda mutaxassislar yetishtiradi, ularni amaliyot va ish bilan ta’minlaydi. Xodimlarimiz xorijiy malaka oshirish dasturlarida qatnashadi, doimiy rivojlanish kompaniya qadriyatlarining ajralmas qismidir.
ZUMA-PHARMA muvaffaqiyatining markazida inson omili turadi
Har bir innovatsiya, har bir sifatli mahsulot ortida fidokor jamoamizning bilim va mehnati turadi. Biz ishonamiz: barqaror o‘sish va xalqaro e’tirof jamoamizning sadoqati va professionalligi natijasidir. ZUMA PHARMA – bu o‘z ishiga ishonadigan, yurtimiz salomatligi yo‘lida bir yoqadan bosh chiqargan jamoa.