responsibility
2026 Yil 13 oktyabr

“Turkmen Health 2026”: O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari Turkmaniston bozorida

2026-yil 10–12-oktabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan “Turkmen Health 2026” xalqaro ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning 12 ta mahalliy farmatsevtika kompaniyasi o‘z mahsulotlari hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etdi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori vositalarini Turkmanistonda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlari va tenderlarda bevosita ishtirok etishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarini Turkmanistonda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tezlashtirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Turkmanistonda o‘tkaziladigan tenderlardagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston farmatsevtika sanoati mahsulotlarini xorijiy bozorlarda ilgari surish, eksport salohiyatini oshirish va ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.