ZUMA-PHARMA ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Ishlab chiqarish jarayonlarida chiqindilarni kamaytirish, energiyani tejash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha doimiy choralar ko‘riladi. Kompaniya atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirish maqsadida zamonaviy, energiya tejamkor uskunalar va ekologik toza texnologiyalarni joriy etgan. Qadoqlash materiallarida qayta ishlanadigan va xavfsiz mahsulotlar ustuvorlik bilan qo‘llaniladi.