responsibility
2026 Yil 24 noyabr

TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI.

Bugungi kunda farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanishi ishlab chiqarish korxonalaridan zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni tobora oshirmoqda. Bu esa ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim jarayonini real ishlab chiqarish talablari bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.

Shu maqsadda Toshkent farmatsevtika institutida kompleks davlat akkreditatsiyasi hamda ta’lim sifatini tashqi baholash jarayonlari doirasida ish beruvchilar va ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Zuma Pharma korxonasi vakillari hamda farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi boshqa ishlab chiqarish tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilim va kasbiy kompetensiyalarini ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlariga moslashtirish, amaliy ta’lim sifatini oshirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Zuma Pharma uchun malakali kadrlarni tayyorlash, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va farmatsevtika sanoati uchun zarur bo‘lgan zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish muhim yo‘nalishlardan biridir.

Bunday uchrashuvlar ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, mehnat bozori talablarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda farmatsevtika sohasining kelajakdagi rivojiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.