Farmatsevtika universitetining «Sanoat farmatsiyasi» yo‘nalishi 4-bosqich talabalari korxonamizga tashrif buyurib, ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida talabalar ishlab chiqarish sexlari, zamonaviy texnologik uskunalar, laboratoriyalar hamda BMS, ERP va Access Control tizimlarining ishlash jarayonlari haqida ma’lumot oldilar.
Shuningdek, xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarish bosqichlari, qadoqlash va mahsulot sifatini nazorat qilish jarayonlari bilan tanishdilar.
Bunday amaliy tashriflar bo‘lajak mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash va farmatsevtika sanoati haqida kengroq tasavvur hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Tashrif buyurgan talabalarga va universitet professor-o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz!