responsibility
2026 Yil 22 may

ZumaPharma hamda Yangtze River Pharmaceutical Group strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.

ZumaPharma va Yangtze River Pharmaceutical Group farmatsevtika, innovatsion texnologiyalar, dori vositalari ishlab chiqarish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida bir qator hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirdi.

Xitoyning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri hisoblangan Yangtze River Pharmaceutical Group zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or texnologiyalari va xalqaro tajribasi bilan tanilgan bo‘lib, ushbu hamkorlik mahalliy farmatsevtika sohasini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.