Korxonamizda xodimlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada turli bo‘lim va korxonalar jamoalari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va qiziqarli bahslar olib bordilar.
Tadbir davomida jamoaviy hamjihatlik, sportga bo‘lgan qiziqish va korporativ muhitni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Musobaqa ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi.
Yakunda faol ishtirok etgan jamoalar va g‘oliblar munosib taqdirlandi.