ZumaPharma jamoasi Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida korxonada sumalak pishirdi. Har bir xodim bu milliy an’anani his qilib, bayram kayfiyatini birga ulashdi.
Navro‘z shukuhi nafaqat yangi yil boshlanishi va tabiat uyg‘onishini, balki hamjihatlik, iliqlik va mehr-shafqat ruhini ham ifodalaydi. Sumalak pishirish jarayoni esa xodimlar orasida hamkorlik va mehr-oqibat ruhini kuchaytirdi, bayramni yanada qiziqarli va iliq kayfiyatda o‘tkazishga yordam berdi.
ZumaPharma jamoasi an’analarni qadrlash bilan birga, milliy madaniyatimizni saqlash va yosh avlodga yetkazish yo‘lida ham faol ish olib bormoqda.