responsibility
2026 Yil 6 mart

ZumaPharma’da 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi

2026-yil 8-mart kuni ZumaPharma kompaniyasida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida korxonamizda faoliyat yuritayotgan ayol xodimlarning mehnati, fidoyiligi va jamoa rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Bayram munosabati bilan kompaniya rahbariyati tomonidan xotin-qizlarga samimiy tabriklar bildirilib, ularga minnatdorlik izhor qilindi. Shuningdek, ayol xodimlarga bayram sovg‘alari topshirilib, iliq tilaklar bildirildi.

ZumaPharma jamoasi ayol xodimlarning professional faoliyati, mas’uliyati va tashabbuskorligini yuqori qadrlaydi hamda ularning jamiyat va ishlab chiqarishdagi o‘rni muhim ekanligini doimo e’tirof etadi.