responsibility
2026 Yil 13 mart

ZumaPharma’da Mendeleyev nomidagi Rossiya Kimyo Texnologiyalari Universiteti talabalari bilan uchrashuv

2026-yil 13-mart kuni ZumaPharma kompaniyasiga Mendeleyev nomidagi Rossiya Kimyo Texnologiyalari Universiteti talabalari tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar korxona faoliyati, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari hamda farmatsevtika sohasidagi ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida talabalarga dori vositalarini ishlab chiqarish bosqichlari, sifat nazorati tizimi, laboratoriya jarayonlari va ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar ishlab chiqarish jarayonini bevosita kuzatib, farmatsevtika sanoatida amal qilinadigan yuqori standartlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelajakda ZumaPharma jamoasida ishlash istagini bildirdilar. Bunday uchrashuvlar yosh mutaxassislarning amaliy bilimlarini mustahkamlash hamda ularni real ishlab chiqarish muhiti bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega.