Bugun D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya Kimyo-Texnologiya Universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, bitiruvchi talabalarni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish masalalarini muhokama qildilar.
Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi — korxonani zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh mutaxassislar bilan ta’minlash, talabalar uchun esa amaliyot o‘tash jarayonida real ishlab chiqarish muhiti, ilg‘or texnologiyalar va professional tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.
Shuningdek, tomonlar kelgusida qo‘shma amaliy loyihalar, malaka oshirish dasturlari hamda ilmiy-amaliy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Ushbu hamkorlik ta’lim va sanoat integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi, yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutishi hamda mamlakatimiz farmatsevtika va kimyo sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildiramiz.