2026 yilning 9–12 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan Expo City Dubai ko‘rgazmalar majmuasida sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — Arab Health 2026 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli ko‘rgazmada dunyoning 180 dan ortiq mamlakatlaridan yetakchi kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir zamonaviy tibbiyot texnologiyalari, farmatsevtika mahsulotlari va sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsion yechimlarni namoyish etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Ko‘rgazma doirasida kompaniyamiz xodimlari “Made in Uzbekistan” milliy stendi tarkibida faol ishtirok etib, mahsulotlarimizni xalqaro hamkorlar va potentsial mijozlarga taqdim etdilar. Ishtirok davomida Yaqin Sharq va Afrika bozorlari vakillari bilan samarali muzokaralar olib borildi hamda istiqbolli hamkorlik aloqalariga asos solindi.
Arab Health 2026’dagi ishtirokimiz kompaniyamizning xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlash, eksport salohiyatini kengaytirish va yangi biznes imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.