2025-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni qabul qildi.
Hujjat doirasida davlat xarid operatorining elektron tizimida “Farma.xarid.uz” nomli maxsus modul yaratish belgilandi. Shu modul joriy etilgach, davlat xaridorlari barcha dorilar va tibbiyot uskunalarini xarid qilishni faqat shu modul orqali amalga oshirishlari majburiy bo‘ladi.
2026-yil 1-martdan modul orqali xarid Andijon va Namangan viloyatlarida ro‘yxatdan o‘tgan davlat xaridorlari tomonidan amalga oshiriladi, 1-iyuldan esa bu tizim butun mamlakat bo‘ylab barcha davlat xaridorlariga kengaytiriladi.
Xaridda faqat majburiy ro‘yxatdan o‘tgan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishi mumkin:
2026-yil 1-yanvardan boshlab “Pharma.gov.uz” portalida barcha farmatsevtika mahsulotlari reestri joylashtiriladi, unda milliy mahsulot klassifikatori bo‘yicha xarid hajmlari ko‘rsatiladi, bu esa davlat xarid tizimida shaффoflik va samaradorlikni ta’minlaydi.