O‘zbekistonda dori vositalarini qog‘oz shaklidagi retseptlar asosida berishga 2026-yil 1-martgacha ruxsat etildi. Bu haqda 16-dekabr kuni kuchga kirgan Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrugida aytilgan bo‘lib, unda “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi tasdiqlangan.
Hujjatga ko‘ra, elektron retsept tizimi Toshkent shahridagi barcha tibbiyot muassasalarida va pilot loyiha amalga oshirilayotgan **15 ta tuman (shahar)**da bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Asosiy tushunchalar:
Dori vositalarining tibbiy ahamiyati, ijtimoiy xavflari, suiiste’mol qilish ehtimoli va amaliy talabga qarab, ekspert kengashi elektron retsept orqali beriladigan dorilar guruhlarini bosqichma-bosqich belgilaydi.
Birinchi bosqichda faqat elektron retsept orqali beriladigan dorilar:
Agar elektron retseptga kiritilgan dorilar buyurilgan bo‘lsa, ular faqat elektron retsept orqali rasmiylashtiriladi. Agar elektron va qog‘oz retseptlar bir vaqtda ishlatilsa, barcha dorilar elektron retsept orqali rasmiylashtirilishi mumkin.
Davolash jarayonida tibbiyot muassasasida mavjud bo‘lmagan dorilar zarur bo‘lsa, shifokorga ular uchun retsept yozishga ruxsat etiladi.
Keyingi bosqichlarda retsept asosida beriladigan barcha dorilar ekspert kengashi belgilagan guruhlar bo‘yicha elektron retsept tizimiga o‘tkaziladi. Guruhlar, joriy etish bosqichlari va muddatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, elektron retsept tizimi Toshkent va 15 tuman (shahar)da joriy qilingan, va vazirlik dorilar ro‘yxatini qanday shakllantirishni tushuntirgan edi.