responsibility
2025 Yil 25 dekabr

Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonga investitsiya loyihalari doirasida korxonamizga tashrif buyurdi

Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish hamda davlat bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Parkent tumani hokimiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tashrif doirasida mehmonlar korxonamiz faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlar, mehnatni tashkil etish tizimi va amaldagi ish jarayonlarini yaqindan o‘rgandilar. Ushbu tashrif Xitoy delegatsiyasi uchun O‘zbekistondagi sanoat salohiyati va ishlab chiqarish infratuzilmasini amaliy jihatdan baholash imkonini berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar investitsiyaviy muhit, sanoatni rivojlantirish istiqbollari hamda davlat bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur tashrif O‘zbekistonning investitsion jozibadorligi va xalqaro hamkorlikka ochiqligini yana bir bor namoyon etdi.