Mo‘g‘ulistonning poytaxti Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan “Made in Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasida ZumaPharma korxonasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy mahsulotlarni yangi bozorga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ko‘plab tarmoqlardan ilg‘or korxonalar qatnashgan.
ZumaPharma tomonidan namoyish etilgan farmatsevtika mahsulotlari ko‘rgazma mehmonlari va hamkorlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Tadbir doirasida yangi aloqa va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi, shuningdek, farmatsevtika mahsulotlarimizni Mo‘g‘uliston bozoriga chiqarish istiqbollari ko‘rib chiqildi.